Toshkentda “Boʻrijar” kanaliga choʻkayotgan fuqarolarni qutqarish paytida FVV xodimlaridan biri halok boʻldi

17:41 09 Iyun 2021 Jamiyat
560 0

Toshkent shahridagi “Boʻrijar” kanaliga choʻkayotgan ikki nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolindi, biroq jasorat koʻrsatgan FVV xodimlaridan biri suvda choʻkib halok boʻldi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Xabarga koʻra, kuni kecha soat 15:16larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yu.Rajabiy MFYdan oqib oʻtuvchi “Boʻrijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro choʻkishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi choʻkayotgan fuqaroni koʻrib, qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxoʻjayevva I.Murodovlar fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan soʻng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. oʻzboshimchalik bilan takroran oʻzini suvga tashlagan.

Qutqaruvchilarning saʼy-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolindi. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxoʻjayev xizmat vazifasini bajarish chogʻida jasorat koʻrsatib halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?