Toshkentda bogʻcha tarbiyalanuvchisining yuzi tibbiy vositalardan kuydi

19:14 15 Avgust 2022 Jamiyat
348 0

Foto: IIV matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda MTM tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi boʻyicha xabar tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha Toshkent shahar IIB quyidagilarni maʼlum qildi.

Joriy yilning 10-avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismidan tushgan xabarga koʻra, Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchisi 2019-yilda tugʻilgan M.A. qarovsiz qolgan vaqtida, ayollar sumkasida boʻlgan ayollarni koʻzga surtuvchi boʻyogʻini oʻynab yuz qismiga surtgan.
Bu holatni ushbu tashkilotda tarbiyachi boʻlib ishlovchi 38 yoshli Zuhra A. koʻrib qolib, bolani yuzini tozalash maqsadida, “tibbiy vositalar”dan foydalangan. Oqibatda, voyaga yetmagan bolaning yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan. 

Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер