Toshkentda “BMW” avtomashinasi agʻdarilib, yoʻl chetidagi daraxtga urildi

20:21 20 Aprel 2022 Jamiyat
682 0

Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Joriy yilning 20-aprel kuni soat 07:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Niyozbek koʻchasida joylashgan “Interhouse” akademik litsey binosining qarshisida haydovchi, 1994-yilda tugʻilgan J.X. “BMW” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida transport vositasi agʻdarilib, yoʻl chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada, avtomobilda boʻlgan yoʻlovchi, 2001-yilda tugʻilgan A.S. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?