Toshkentda avtobuslar haydovchilar kim oʻzarga harakatlandi va bekatda toʻqnashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 72 hamda 148 sonli avtobus yoʻnalishi haydovchilarining kim oʻzarga harakatlanishi aks etgan video keng muhokamalarga sabab boʻldi.
«Toshshahartransxizmat» AJ mazkur holatni oʻrganib chiqqan holda quyidagilarni maʼlum qildi.
"2020-yilning 4-dekabr kuni soat 07:40 larda “2-avtobus saroyi” MCHJ haydovchisi F.Mirsaidov 72-sonli yoʻnalishda “Mersedes-Bes Low Floor” rusumli avtobusni, “5-avtobus saroyi” MCHJ haydovchisi D.Doʻsmatov 148-yoʻnalishda “Isuzu” rusumli avtobusni Maxtumquli koʻchasi boʻylab boshqarib borayotib, yoʻlovchilar va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qoʻygan holda kim oʻzarga harakat qilgan va “Ashxobod saylgohi” bekatida toʻqnashuv sodir etgan.
Oʻz navbatida, mazkur haydovchilar yoʻlovchilar va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qoʻygan holda harakatlanib, qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyishi oqibatida YTH sodir boʻlganligi uchun ular bilan avtosaroy oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring