Toshkentda Angliya metodikasi asosida futbol maktabi ochildi
Toshkentda Angliya metodikasi asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan birinchi futbol maktabi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Bugun Toshkent davlat transport universiteti sport majmuasi stadionida Angliyaning “Brooke House College Futball Akademy” futbol maktabi filiali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ingliz futbol akademiyasining texnik direktori Miki Adams, oʻzbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov, universitet rektori Odil Abdurahmonov, akademiyaning Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Shuhrat Ernazarov, yosh futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Yevropa standartlari asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu loyiha Oʻzbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qoʻshishini taʼkidladi.
Akademiya vakillarining soʻzlari koʻra, infratuzilma va tashkiliy imkoniyatlar guruh va murabbiylar sonini oshirishga imkon beradi. 11 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan har bir tarbiyalanuvchi uchun eng muvofiq dastur tanlab olinadi. Yevropa metodikasiga koʻra, bu yerda bolalar futbol sir-asrorlarini mukammal egallashi bilan bir qatorda ularning yetuk inson boʻlib tarbiya topishiga ham urgʻu beriladi.
Maktabda faoliyat olib boradigan murabbiylar uchun Yevropada malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.
— Toshkentda “Brooke House College footboll Academy” futbol akademiyasi filiali ochilganidan va mamlakatingizga safarimdan juda xursandman, - dedi Miki Adams. - Biz transport universiteti jamoasi bilan birgalikda bolalar hayotiga katta oʻzgarishlarni olib kirish niyatidamiz. Umid qilamanki, akademiyamiz mamlakatda futbolni rivojlantirishda amaliy yordam beradi.
Maʼlumot uchun, loyiha menejeri Miki Adams ingliz futbolchisi va murabbiyidir. U himoyachi ampulasida harakat qilgan. Oʻn toʻqqiz yillik professional faoliyati davomida Angliyaning “Sautgempton”, «Fulxem» va «Stok Siti» klublari safida toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyatini «Fulxem»da oʻynovchi murabbiy sifatida boshlagan. Ayni paytda u Angliya Premer-ligasida nazoratchi boʻlib ishlaydi va “Brooke House College Futball Akademy” texnik direktori sifatida ham faoliyat yuritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring