Toshkentda “Alpomish” muz saroyi ochildi

18:15 23 Dekabr 2022 Jamiyat
1219 0

Poytaxtimizdagi muhtasham “Alpomish” muz saroyi qayta foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahar hokimligi maʼlumotiga koʻra, 50 yildan ortiq tarixga ega «Yubileyniy» sport majmuasi ikki yil davom etgan mukammal taʼmirlash ishlaridan keyin “Alpomish” nomi bilan yana qad rostladi.

Loyihaning umumiy maydoni 8 ming kvadrat metr, 6 ming oʻringa ega boʻlib, eng zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan sport inshootiga aylantirildi.

Muz saroyida xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling boʻyicha musobaqalar oʻtkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlarning bu yoʻnalishdagi tajribasini ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan tashqari, muhtasham muz saroyida sport ixlosmandlari uchun turli oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish ham yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?