Toshkentda ayrim yoʻllar vaqtincha yopiladi

17:06 01 Dekabr 2020 Jamiyat
257 0

Yoʻl taʼmirlash ishlari sababli 2020-yil 31-dekabrga qadar Fargʻona yoʻli koʻchasining Yongʻin-qutqaruv qismi (“Oʻzbek qogʻozi” OAJ) yaqinidagi qismi harakatlanish uchun qisman yopiladi.

Nukus koʻchasi va KXAY tomonidan Yongʻin-qutqaruv qismi (“Oʻzbek qogʻozi” OAJ) yoʻnalishida harakatlanayotgan avtotransport vositalari oqimi Qoʻshkoʻprik koʻchasiga yoʻnaltiriladi.

“Oʻzbek qogʻozi” OAJ tomonidan KXAY va Nukus koʻchalari yoʻnalishida ketayotgan avtotransport vositalari oqimining harakati oʻzgarishsiz qoladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?