Toshkentda 94 nafar shaxs IIBga olib ketildi. Ularning uylaridan ekstremizm va terrorchilikka oid taqiqlangan materiallar topilgan

14:51 18 Avgust 2021 Jamiyat
4634 0

Joriy yilning avgust oyida, Suriyada faoliyat olib borayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining bir guruh aʼzolari, hozirda qidiruvda boʻlgan 7 nafar fuqaro bilan internet tarmogʻi orqali aloqada boʻlib kelganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB TB ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi doirasida Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod va Sergeli tumanlari hududidagi 108 ta manzillarda prokuror sanksiyasi asosida tintuv tergov harakati oʻtkazilib, 94 nafar shaxslar ichki ishlar boʻlimlariga olib kelindi.

Tadbir davomida, ushlangan shaxslarning yashash manzillarida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, ekstremistik oqim va xalqaro terrorchilik tashkiloti targʻibotchilarining aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan va taqiqlangan materiallar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Oʻtkazilgan tadbirlar natijasida 1 nafar shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda 10 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy jazo choralari tayinlandi. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.

Maʼlumot uchun, hozirda qidiruvda boʻlganlar:

  • 1978-yilda tugʻilgan, Olmazor tumanida istiqomat qilgan Musajonova Feruza Sabitovna,
  • 1981-yilda tugʻilgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qilgan Qosimov Sarvar Odiljonovich
  • 2001-yilda tugʻilgan, Uchtepa tumanida istiqomat qilgan Abdukaxorov Abduraxim Abdumalik oʻgʻli,
  • 1993-yilda tugʻilgan, Yashnobod tumanida istiqomat qilgan Djumabayev Dilshod Murod oʻgʻli,
  • 1999-yilda tugʻilgan, Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qilgan Muxammadbakiyev Abdulaxad Baxtiyor oʻgʻli,
  • 1990-yilda tugʻilgan, Yunusobod tumanida istiqomat qilgan Ulmasov Mirolim Mirsamuxovich,
  • 2001-yildatugʻilgan Sergeli tumanida istiqomat qilgan Sobirjonov Nodir Jaxongir oʻgʻli

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?