Toshkentda 92 yoshli ayol qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. IIBB rasmiy maʼlumot berdi

12:37 05 May 2021 Jamiyat
1309 0

Ijtimoiy tarmoqlarda qari ayolning yuzida, qoʻl va oyoqlarida koʻplab koʻkargan, lat yegan jarohatlar aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat haqidagi xabar 102 raqamiga tibbiyot muassasasidan kelib tushgan, unga koʻra 26-aprel kuni 1934-yilda tugʻilgan G.Toza ismli ayol nevarasi 1983-yilda tugʻilgan G.Davron tomonidan olib kelingan. Jabrlanuvchining soʻzidan, uni farzandi 1964-yilda tugʻilgan G.Saodat va nevarasi 1989-yilda tugʻilgan G.Sevara muntazam ravishda urib, qiynab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «v» bandi, yaʼni ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsni qiynash alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergov jarayonida jabrlanuvchining soʻziga koʻra, unga tan jarohatlari yetkazgan shaxslarning qilmishiga huquqiy baho beriladi, shuningdek mazkur noqonuniy harakat sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlar oʻrganiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?