Toshkentda 6 milliard soʻmdan ortiq kriptovalyuta bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgan yigit qoʻlga olindi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 6 milliard soʻmdan ortiq miqdorda kriptovalyuta bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislar Sirdaryo viloyatida tugʻilgan 21 yoshli yigitning telefonini tekshirishganda, uning yirik hajmdagi kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalar bilan shugʻullangani aniqlandi. U P2P operatsiyalari orqali noqonuniy ravishda tranzaksiyalarni amalga oshirgan va 556 100 USDT dan ortiq (6,7 milliard soʻmdan ziyod) daromad koʻrgan.
Ushbu shaxs noqonuniy faoliyatini Bitget ilovasi orqali amalga oshirgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanishi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qoʻlga olingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring