Toshkentda 500 gektardan oshiq hudud renovatsiyaga tushgan

12:07 28 Fevral 2024 Jamiyat
88 0

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov poytaxtda 500 gektardan oshiq hududdagi binolar renovatsiya qilinishi kerakligini maʼlum qildi. Hokimning taʼkidlashicha, bunday binolar qatoriga 2 qavatli eski uylar va Sergeli tumanidagi ayrim turar joylar ham kiradi.

“Koʻp yillar oldin qurilgan 2 qavatli binolar, Sergeli tumanida vaqtinchalik qurilib ketgan uylar – hammasi bugungi kunda talabga javob bermaydi, xavfsizlik nuqtai nazaridan ularda risk katta.

Albatta, davlat biznesga sharoit yaratib bergani uchun xususiy sektor ularni [uylarni] bemalol koʻchiradi, u yerda zoʻr, chiroyli qurilish obyektlarini barpo etadi”, — dedi Shavkat Umrzoqov.

Hokimning qoʻshimcha qilishicha, shu vaqtgacha renovatsiya qilinadigan yerlar boʻyicha aniq mexanizm boʻlmagan, 27-fevral kuni davlat rahbari bilan boʻlgan yigʻilishdan soʻng bu masala hal boʻlgan. Yaʼni 500 gektardan oshiq hudud renovatsiya qilinishi tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?