Toshkentda 31 nafar fuqaroning pullarini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi

11:52 17 Sentyabr 2021 Jamiyat
495 0

Toshkent shahrida imtiyozli shartlar asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va’da qilgan MChJ rahbari va boshqalarning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.” MChJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar noqonuniy boylik orttirish maqsadida, turli xil tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, go‘yoki ular rahbarlik qilayotgan MChJ orqali ko‘p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to‘g‘risida yuzaki “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va’da qilib, 31 nafar fuqaroning 25 000 AQSH dollari va 291 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?