Toshkentda 2ta “Mercedes-Benz” va “Nissan” toʻqnashdi

01:07 28 Iyul 2021 Jamiyat
498 0

Joriy yilning 27-iyul kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasida, bir yoʻnalishda oldinma-ketin harakatlanayotgan 3 ta avtomobil toʻqnashdi. Ular:

1) haydovchi, 1992-yilda tugʻilgan O.M. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli;

2) haydovchi, 1980-yilda tugʻilgan S.X. boshqaruvidagi yana bir "“Mercedes-Benz” rusumli;

3) haydovchi, 1975-yilda tugʻilgan B.A. boshqaruvidagi “Nissan” rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.

YHXBB xabariga koʻra, toʻqnashuv natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?