Toshkentda 22-may kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi

17:51 21 May 2024 Jamiyat
274 0

Hukumat topshirigʻiga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga toʻgʻri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” deb eʼlon qilingan edi.

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va masʼul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna koʻrsatib borishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, ertaga (22-may) kuni “Avtomobilsiz kun” boʻlib oʻtadi. “Xalq soʻzi” barcha rahbarlarni ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер