Toshkentda 2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

12:47 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
229 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻrtachirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “N-M.” va “T.N.” xususiy korxonalarini norasmiy boshqarib kelgan U.B. va boshqalar hududiy tijorat banki mutasaddilari bilan oʻzaro til biriktirib, “E.M.” MCHJga tegishli binolar yertoʻlasining har birini bozor bahosi 1,5 mlrd va 1,9 mlrd soʻmni tashkil etishi haqida soxta baholash xulosalarini tayyorlashib, bank filialidan ajratilgan jami 2 mlrd soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?