oshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisinini boʻyniga pichoq tortdi

00:10 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
1198 0

Toshkentda “Spark” avtomobilidagi yoʻlovchi qiz haydovchining boʻyniga bir necha bor pichoq tortdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, shaharda oʻtkazilayotgan reyd tadbiri vaqtida ichki ishlar xodimlari yoʻlovchi va haydovchi oʻrtasidagi mojaro haqida xabar topgan.

«Xadra tomondan Xalqlar doʻstligiga qarab harakatlanib kelayotgandim. Bekatda bir qiz taksi toʻxtatib turgan ekan. Oldiga borib toʻxtadim va qayerga borishini soʻradim. Bir bekat nariga — metrogacha, dedi. Aynan qaysi metro, yoʻlimizda ikkita bekat chiqadi, deb soʻradim. Mana shu birinchi bekat, dedi. Xoʻp deb, mashinaga chiqardim. Narx-navosini ham gaplashmadik.

300–350 metrdan keyin chorraha yaqinlashdi, oldimda 84-avtobus bor ekan. Shu avtobus bilan orqama-ketin yurib keldik. Avtobus oʻng tomonga harakatlanib, bekat tomon kirayotganda men ham sekinlashib, “povorotnik”ni yoqdim. Orqada oʻtirgan qizni bekatda tushirmoqchi boʻlib sekinlashganimda birdaniga pichoq tortib qoldi.

Avval boʻynim achishganday boʻldi, nima boʻlayotganini anglamadim. Keyin avtobusning orqasiga borib urildim. Mashinadan tushib, bekatdagi odamlardan yordam soʻradim. Qiz esa pichoq tirashda davom etdi. 10 sekundlarda oʻzimga kelib olganimdan soʻng qarasam, hech kim yordam bermayapti. Qizning qoʻlini qayirib, odamlardan “102”ga qoʻngʻiroq qilishini soʻradim.

Ayrim odamlar buni notoʻgʻri tushunib, bu qizga nega ozor beryapsan, dedi. Keyin boʻynimni koʻrsatib, mana pichoq tortib yubordi. Iltimos, yordam beringlar, deganimdan keyin hamma qizni oʻrab oldi. “102”ga telefon qilishdi», — deydi haydovchi.

Qizning soʻzlariga koʻra, haydovchi unga tegajaklik qilmoqchi boʻlgan va u bundan qoʻrqib, erkakning boʻyniga pichoq tortgan.

«Darhol pichoqni olib, boʻyniga tiradim. Uni toʻgʻri ushlaganmi yoki yoʻq, buni bilmayman. Men uni shunchaki qoʻrqitmoqchi edim. Keskin harakat qilgan payti tegib ketgan boʻlishi mumkin. Lekin unga pichoqni qattiq tiradimmi yoki yoʻq, bilmayman, toʻgʻrisi.

Mashinadan birinchi u tushdi. Keyin esa men unga yoʻqol-yoʻqol, dedim. Biror nima qilib qoʻyishidan qoʻrqdim... U ustalar ishlatadigan pichoq edi», — deydi voqea qahramoni.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?