Toshkentda 14 yoshli oʻsmir oʻzi bilan salomlashmagan 22 yoshli tanishini hech bir sababsiz pichoqladi

16:52 04 May 2021 Jamiyat
418 0

2021-yilning 1-may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilgʻor mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida boʻla turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola koʻrganligini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qoʻltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?