Toshkent viloyatidagi bogʻcha direktori qariyb 1 mlrd soʻmni talon-taroj qilgani aniqlandi

12:09 24 Yanvar 2021 Jamiyat
498 0

Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 16-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tekshiruv natijasida maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan 2014-2020-yillar davomida 37 nafar shaxslarni turli lavozimlarga rasmiylashtirib, ular haqiqatda ishlamagan boʻlsalarda “oʻlikjon” xodimlar nomiga 983,5 mln soʻm ish haqi hisoblanib, plastik kartalar orqali noqonuniy hisobdan chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?