Toshkent viloyatida 12,9 mln. soʻmlik tamaki va alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Foto: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati
Joriy yilning oʻtgan davrida Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 323 dona (quti) umumiy qiymati 4,4 mln soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi. Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida 785 shisha umumiy qiymati 8,5 mln soʻmlik alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
«Oʻtkazilgan nazorat tadbirlar davomida Zangiota tumani hududining Nayman mahalla fuqarolar yigʻini Mustaqillik 2-tor koʻchasi 49-uyda joylashgan doʻkonda fuqaro J. M. hamda T. R. lar hech qanday hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlandi.Tekshiruv davomida fuqarolardan jami 4 turdagi 50 dona umumiy bahosi 694 000 soʻmlik tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.
Nazorat tadbirlari Boʻka tumanida ham oʻtkazilishi jarayonida fuqaro T. O. hech qanday hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotish faoliyati bilan shugʻullanganligi aniqlandi va unga tegishli boʻlgan 6 turdagi 21 shisha 12 litr boʻlgan, 3 14000 soʻmlik alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qoʻyilgan.
Joriy yilning 1-iyun kuni Zangiota tumanida oʻtkazilgan galdagi profilaktik tadbirlarda mazkur tumani hududidagi Bogʻhor mahalla fuqarolar yigʻini Doʻstlik koʻchasi 11-uyda joylashgan doʻkonda fuqaro R. Z. noqonuniy alkogol mahsulotlarini chakana sotish faoliyati bilan shugʻullangan. Tadbirda fuqarodan jami 7 turdagi 67 dona umumiy bahosi 956 000 soʻmlik tamaki mahsulotlari olib qoʻyilgan.
Shuningdek, 2021-yilning 27-avgustda oʻtkazilgan nazorat reyd-tadbirlarida ushbu hududning Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan doʻkonda fuqaro Yu. F. hech qanday hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotish faoliyati bilan shugʻullangan tekshiruvda fuqarodan jami 10 turdagi 52 dona umumiy bahosi 605 000 soʻmlik tamaki mahsulotlari olib qoʻyilgan
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Hurmatli tadbirkorlar! Unutmang, halol tadbirkor davlat himoyasida. Noqonuniy faoliyatning oldini olish esa doimiy nazoratda», deyiladi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring