Toshkent viloyatida yana bir loyiha — tezyurar avtobus

03:35 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
242 0

Toshkent viloyatida jamoat transportini yanada rivojlantirish, xalqaro tajribani yanada keng qoʻllash maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, poytaxt hamda “Toshkent dengizi” oraligʻida tezyurar avtobus loyihasini hayotga joriy etish koʻzda tutilgan. Buning uchun viloyat byudjetining orttirib bajarilgan qismidan 6,9 milliard soʻm mablagʻ ajratish rejalashtirilgan.

Loyihani amaliyotga tatbiq etish, uning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun tajribali arxitektorlar, muhandislar, rejalashtiruvchi mutaxassislar jalb etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?