Toshkent viloyatida tadbirkorlarning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini qoʻlga kiritgan shaxslar aniqlandi

15:43 12 Fevral 2024 Jamiyat
271 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.O.” MCHJ taʼsischisi Z.K. va boshqalar 2021-2023-yillar davomida “M.G.” xususiy korxonasi va “B.O.” MCHJga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishi evaziga ularning 559 ming AQSH dollarini naqd holda hamda 1,5 mlrd soʻmini pul koʻchirish yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Shuningdek, MCHJ taʼsischisi Z.K. va ishchisi E.X. firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mablagʻlari hisobidan “Trailblazir, “BYD Yuan Plus” va “Cobalt” rusumli yengil hamda “Sitrak” rusumli yuk avtotransport vositalarini xarid qilganliklari maʼlum boʻlgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер