Toshkent viloyatida qancha bola koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi?

15:36 16 Oktyabr 2021 Jamiyat
240 0

Arxiv surat

Mamlakatimizda joriy yilning 28-sentyabr kunidan boshlab 12 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi “Pfizer” vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berildi. Shunga koʻra, Toshkent viloyati shahar va tumanlarida bolalarni emlash ishlari boshlab yuborildi. Tegishli tartibda shakllantirilgan 12 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar roʻyxati boʻyicha jami 322 ming 203 nafar bolalar emlanishi koʻzda tutilmoqda.

Ushbu tadbir bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish, ularni COVID-19 infeksiyasi bilan zararlanishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Buni yaxshi anglagan fuqarolar faolligi tufayli bugungacha Toshkent viloyatida 1 ming 708 nafar 12 yoshdan katta oʻgʻil-qiz oʻzi va ota-onasi xohishiga koʻra koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?