Toshkent viloyatida ochiq qoldirilgan avtomobildan 90 mln pulni oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

10:03 10 Avgust 2022 Jamiyat
219 0

Foto: IIV matbuot xizmati

Jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar holat yuzasidan oʻtkazilgan tergov harakatlari davomida toʻliq qoplanishiga erishildi.

Aniqlanishicha, Qibray tumani “Parvoz” MFYda yashovchi fuqaro S.U. oʻziga tegishli boʻlgan Tracker rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida eshigini ochiq qoldirgan (qulflanmagan).

Vaziyatdan foydalangan 16 yoshli yigit avtomobil salonida boʻlgan, haydovchilik guvohnomasi, bank plastik kartalari, xonadon kaliti va 7 500 AQSH dollari hamda 300 ming soʻm miqdoridagi pulni yashirin ravishda olib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida oʻgʻirlikni – 2005-y.t. fuqaro A.J. sodir qilgani IIB tezkor xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro A.J. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari vaqtida jabrlanuvchiga yetkazilgan jami 86 mln 317 ming soʻm moddiy zarar toʻliq undirilishiga erishilgan. Hozirda tergov tugatilib, ish sudga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?