Toshkent viloyatida “Nexia-1” rusumli avtomobil kanalga tushib ketdi

14:36 15 Avgust 2022 Jamiyat
209 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 14-avgust kuni taxminan 15:30 larda Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani “Oʻrtaovul” MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Toshkent” magistral kanaliga “Nexia-1” rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yoʻqotish oqibatida tushib ketganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Maʼlum boʻlishicha avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan va suvga tushishdan oldin tushib qolishga ulgurgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, suvda qidiruv-qutqaruv maxsus asbob-anjomlari va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?