Toshkent viloyatida naslli qoramol olish uchun ajratilgan kredit mablagʻini oʻzlashtirish holati aniqlandi

18:56 09 Avgust 2022 Jamiyat
309 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor D.A. va boshqalar tanishi A.ning rahbarligidagi “A.H.” MCHJga naslli qoramol sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 500 mln soʻm kredit mablagʻi evaziga ushbu MCHJga 52 ta naslli qoramollar yetkazib berilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?