Toshkent viloyatida «Kaptiva» haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan va mashina agʻdarildi. Haydovchisi va 4 nafar yoʻlovchi shifoxonada

15:58 27 Iyul 2021 Jamiyat
660 0

Bugun, 27-iyul kuni soat 14:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlining 215-kilometrida «Kaptiva» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketib transport vositasi agʻdarilgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Natijada, mazkur avtomobil haydovchisi va 4 nafar yoʻlovchisi birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?