Toshkent viloyatida yo‘l qurilishidagi talon-torojlik holati fosh etildi

15:16 21 Fevral 2024 Jamiyat
89 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.S.” MCHJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi ko‘chalarini joriy ta’mirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MCHJga o‘tkazib berilgan 373,5 mln so‘mni qurilish ishlarini boshlamasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?