Toshkent viloyatida ijaraga berilgan yerni 100 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Toshkent viloyati prokuraturasi IIV JQB Korrupsiya va IJQK boshqarmasi bilan hamkorlikda yer resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat prokuraturasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida, A.B. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi U.Yusupov massividan tuman hokimining 07.08.2019-yildagi qarori bilan “XALQOBOD DILOROM AGRO” fermer xoʻjaligiga 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 36,8 ga sugʻoriladigan yer maydonini noqonuniy ravishda M.F.ga 100 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan pullardan 25 ming AQSH dollarini murojaatchidan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Sugʻoriladigan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring