Toshkent viloyatida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi

Foto: Халқ сўзи
Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.
Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Olmaliq shahar hokimligi, OTM professor oʻqituvchilari hamda faol va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda taʼlim tizimini isloh qilishda oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-Parklar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazi oliy taʼlim muassasasida ilgʻor startap gʻoyalar va innovatsion ishlarni monitoring qilish, tanlash va inkubatsiya qilish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek, yoshlarning startap jamoalarini shakllantirish, loyiha faoliyatiga tayyorlash boʻyicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarni qoʻllab quvvatlash, talabalar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring