Toshkent viloyatida guzar qurish uchun ajratilgan yerni 400 000 dollarga sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

11:18 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
370 0

Fuqaro S.X.ning Toshkent viloyati IIBB JQBga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi hamda IIV JQBB KvaIJQKB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, S.X. oʻzining jinoiy sheriklari bilan birgalikda 2019-yilda Yangiyoʻl tuman hokimligi tomonidan fuqaro M.B.ning nomiga teng sherikchilik asosida “Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari” majmuasini qurish uchun Yangiyoʻl tumani “Chortoq” mahallasi hududidan ajratilgan 2,0 gektar yer maydonidan 1,0 gektarini S.X.ga 400.000 AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, undan oʻzaro kelishilgan pullarning 30.000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?