Toshkent viloyatida elektr energiyasidan qarzdorliklarni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Piskent tuman elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi U.X. tadbirkor B.ga tegishli kichik ishlab chiqarish korxonasining 106 mln soʻm elektr energiyasidan qarzdorligini yoʻq qilib berish evaziga korxona qorovuli O. orqali 6 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman elektr taʼminoti korxonasida boʻlim rahbari vazifasida ishlovchi S.T. va boshqalar “K.B.” fermer xoʻjaligi rahbari A.N. va “A.Y.” MCHJ rahbari U.X.ning elektr energiyasidan qarzdorligini soʻndirish uchun 35 mln soʻm va 300 AQSH dollarini qoʻlga kiritishib, oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sh.Rashidov tuman elektr taʼminoti korxonasi huquqshunosi N.D. fuqaro R.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha hisoblangan 6,2 mln soʻm qarzdorlikni yoʻq qilib berish evaziga 1,9 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring