Toshkent viloyatida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, oʻzining “Spark” rusumli avtotransport vositasida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 271,8 mln soʻmlik 9 turdagi jami 17 904 dona dori vositalarini Toshkent shahriga oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi
- “United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
- Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring