Toshkent viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarni muomalaga kiritilishining oldi olindi

13:21 25 Mart 2024 Jamiyat
768 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.R. xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 010 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro I.Sh.ga 80,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 7 465 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?