Toshkent viloyatida 4 ming nafarga yaqin fuqarolar saylovda ilk bor ishtirok etadi

18:56 10 Sentyabr 2021 Siyosat
114 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda, joriy yilning 6-8-sentyabr kunlari oʻtkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati tuman va shahar kengashlarining sessiyalarida uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan taklif etilgan nomzodlar muhokama qilingani aytildi. Yigʻilish ishtirokchilari Toshkent viloyati boʻyicha jami 988 ta saylov uchastkalari shakllanganini maʼlum qilishdi.

Saylov kodeksi talablariga muvofiq Okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarini jihozlashga va saylov komissiyalari faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatadi.

Yigʻilishda hududlarda saylovchilarga qulaylik yaratish, ular sonining kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3 ming nafardan oshmagan holda boʻlishiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida boʻlib oʻtgan sessiyalar yakuniy xulosasiga koʻra, viloyati boʻyicha uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining umumiy soni 13 ming nafarga yaqinroq deya, qayd etilmoqda. 4 ming nafarga yaqin fuqarolar ushbu siyosiy jarayonda birinchi bor ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, 9 ming nafarga yaqin kishi ilgari ham saylovlardan qatnashgan. Bu yilgi saylov jarayonlarida ishtirok etayotgan saylov komissiyasi aʼzolarining 7 ming 165 nafari ayollar, 1 ming 845 nafari esa 21-30 yoshdagi yigit-qizlardir. Joylarda ish olib boradigan komissiya aʼzolari tarkibida huquqshunos va pedagoglar hamda boshqa soha vakillari ham bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining tegishli moddalariga asosan 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining qarori qabul qilindi. Unda saylovchilarga barcha zaruriy qulayliklar yaratish, saylovchilar sonining kamida yigirma nafardan va koʻpi bilan uch ming nafardan oshmagan holda boʻlishiga alohida eʼtibor berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?