Toshkent viloyatida 3 ta fohishaxona faoliyati fosh etildi

10:11 12 Aprel 2021 Jamiyat
710 0

Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida oʻtkazilayotgan “zarbdor oyligi” doirasida, tungi klub, spa salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Natijada Oqqoʻrgʻon, Oʻrta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida 3 ta fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora koʻrilishi taʼminlandi.

Masalan, Angren shahar «Dukent» qoʻrgʻonida yashovchi 1974-y.t. X.Sh. oʻzi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilganligi aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Bundan tashqari, fohishalik bilan shugʻullangan 4 nafar shaxsga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 190-moddasiga koʻra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?