Toshkent viloyatida 14 gektar yer uchastkasi 3,5 million dollarga noqonuniy yoʻllar bilan sotilgan — Prezident

Illyustrativ foto
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor boʻlib oʻtmoqda.
Davlatimiz rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar surʼati qoniqarsiz ekanini taʼkidladi.
«Joylarda yerlarni auksionga chiqarish orqali joriy yilda bor-yoʻgʻi 400 milliard soʻm tushumni taʼminlash rejasi mutlaqo qoniqarsiz. Birgina misol: Toshkent viloyatida 14 gektar yer uchastkasi 3,5 million dollarga noqonuniy yoʻllar bilan sotilgani hamma rahbarlarni oʻylantirishi kerak. Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir choʻntagiga tushmoqda? Tasavvur qiling, davlat qanchadan-qancha pullarni yoʻqotmoqda! Bu pulga qancha maktab, qancha bogʻcha va yoʻl qurish mumkin edi. Nega shuni hokimlar oʻylamaydi? Vaholanki, ushbu viloyatda oʻtgan yil davomida yer uchastkalarini sotishdan atigi 18 milliard soʻm mablagʻ tushgan. Bu bozor narxida nari borsa 5-10 gektar yerning narxi», dedi davlatimiz rahbari yigʻilishda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring