Toshkent viloyatida 100 mln soʻmlik 5 000 litr texnik etil spirtini litsenziyasiz ravishda sotmoqchi boʻlgan MCHJ aniqlandi

11:49 09 Avgust 2022 Jamiyat
182 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quyichirchiq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.G.» MCHJ tomonidan litsenziyasiz qonunga xilof ravishda 100 mln soʻmlik 5 000 litr texnik etil spirti muomalaga kiritish maqsadida olib kelinganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Shu kabi, Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, shahar hududida faoliyat yurituvchi 7 ta MCHJga qarashli savdo doʻkonlarida jami 1 801 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (alkogol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?