Yuqumli kasalliklar shifoxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Bugun, 27-noyabr kuni, jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudi binosida sudlanuvchilar
G. Yuldashova (1975-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlagan),
Sh. Roʻzmetov (1990-yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori lavozimida ishlagan),
J. Ziyadullayev (1986-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Toshkent viloyati Koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokori lavozimida ishlagan),
A. Dadamatov (1990-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi sobiq bosh hisobchisi, Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi boʻlib ishlagan),
J. Akimova (1977-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, Toshkent viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchisi boʻlib ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudi raisi S. Avlakulov raisligida koʻrilmoqda.
Sudlanuvchilar G. Yuldashova Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) da, Sh. Roʻzmetov, J. Ziyadullayev Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) da, A. Dadamatov, J. Akimova Jinoyat kodeksining 167-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring