Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati
Joriy yilning 15-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida Toshkent viloyatidan boʻshab qolgan oʻrin uchun saylov boʻlib oʻtdi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahri “Metallurg” madaniyat markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring