Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Prezident Shavkat Mirziyoyevga fuqarolarning murojaatini yetkazdi

17:38 08 Aprel 2022 Siyosat
1346 0

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Prezidentga fuqarolarning murojaatini yetkazdi.

— Agar Muruvvat uyiga nogironlar keladigan boʻlsa, shu kundan boshlab ularning maxsus nafaqalari toʻxtar ekan. Ular hech boʻlmasa, 10 foizini bersa edi, deyishyapti, — dedi hokim.

Shavkat Mirziyoyev: — Bu moliya tizimining eski gʻoyalari bilan qolib ketgan qoida. Albatta, koʻrib chiqib, adolatli qaror qilinadi. Axir ular nogiron boʻlsayu yana ularning qadrini joyiga qoʻymasak toʻgʻri boʻlmaydi.

Davlat rahbari moliya vaziri va boshqa mutasaddilarga masalani yechimi boʻyicha topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?