Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida yoʻl taʼmirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

18:57 17 Avgust 2022 Jamiyat
219 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Boʻka tumani yoʻllardan foydalanish” UK masʼul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yoʻllarni taʼmirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 266,8 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Shu kabi, Kitob tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Kitob tumani yoʻllardan foydalanish” UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar tuman hududida amalga oshirilgan yoʻllarni taʼmirlash ishlari uchun ishchilarga toʻlanishi lozim boʻlgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan boʻlsada, 176,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?