Toshkent va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qoʻyildi

Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Z.J. jami 3 ming dollarni fuqaro S.X.ga 38,1 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Gʻijduvon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.T. fuqaro F.K.dan jami 270 ming Rossiya rublini 35,6 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring