Toshkent tumanida “Stables” ot sporti majmuasi ochildi
Toshkent tumanida “Stables” ot sporti majmuasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur sport majmuasiga 15 mlrd. soʻmlik investitsiya jalb etildi.
Uning ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir doirasida ot sakratish boʻyicha musobaqa ham oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra, 120 sm. balandlikdan sakrash boʻyicha yuqori uch oʻrinni Mirzohid Musayev, Nurjon Tuyakoboyev, Abduazim Ramzidinov egalladi.
Yosh bolalar oʻrtasida 105 sm. balandlikka sakrash boʻyicha Abdulaziz Izzatullayev, Akbar Sharipov, Dilshod Shokirov yuqori pogʻonani band etdi.
Musobaqaning 110 sm.ga sakrash turi ham qizgʻin oʻtdi. Unda kuchli uchlikdan Temur Azizov, Oqiljon Sobirjonov, Abduazim Ramziddinov joy oldi.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring