Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

19:21 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
660 0

Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabariga koʻra,Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi.

Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Xoʻja Alambardor”, “Minor” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Oldinroq, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?