Toshkent shahridagi “Navroʻz” toʻyxonasi binosi buzib tashlandi. Hokimlik holat boʻyicha izoh berdi

16:14 09 Aprel 2021 Jamiyat
855 0

Bugun, 9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan “Navroʻz” toʻyxonasi binosi buzilgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilishlarga izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, bino buzilgan hududda Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida davlat sanʼat muzeyining namoyishlari kompleksini qurish boshlangan.

Bundan tashqari, majmua hududida yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlari uchun kutubxona quriladi.

“Yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan, ilm-fan va sanʼatning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega boʻlgan hamda 1,5 million dona kitoblar fondini oʻz ichiga olgan ulkan Kutubxona binosi qurilish ishlari boshlandi”, deyiladi xabarda.

Ushbu obyektlarni qurish ishlari Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Prezidentini 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida koʻzda tutilgan topshiriqlar boʻyicha qabul qilingan qaror asosida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?