Toshkent shahridagi maktabda roʻmolli qizlarning darsga kiritilmagani haqidagi xabarlarga izoh berildi

18:22 13 Yanvar 2021 Jamiyat
397 0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda roʻmolli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan poytaxtimizning Chilonzor tumani xalq taʼlimi boʻlimi maxsus ishchi guruhi oʻrganish olib bordi.

«Xabaringiz bor, 11-yanvardan barcha umumtaʼlim maktablarida III chorak darslari boshlandi. Jumladan, 168-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham oʻquvchilar toʻliq karantin qoidalariga amal qilgan holda nazorat ostida taʼlim jarayonida ishtirok etishmoqda. Oʻrganishlardan soʻng, maʼlum boʻldiki, dastlabki dars kunida oʻnga yaqin oʻquvchi qiz maktabga roʻmolda oʻqishga kelgan. Qizlar va ularning ota-onalariga maktab maʼmuriyati tomonidan koʻcha-koʻyda farzandlari roʻmolda yurishlari mumkinligi, ammo dars chogʻida toʻliq kiyinish tartib-qoidalariga amal qilishlari lozimligi tushuntirilgan. Biroq, ijtimoiy tarmoqda qayd etilganidek, roʻmolli qizlarning darslarga qoʻyilmaganligi haqidagi maʼlumot oʻz isbotini topmadi.

Hurmatli ota-onalar!
Avval xabar qilganimizdek, uydirma va boʻhton xabarlar tarqatishdan koʻra, aniq dalillarga tayangan holda maʼlumot bersangiz ayni muddao boʻlardi. Rostdan ham shunday holatning guvohi boʻlgan boʻlsangiz nega choʻchiysiz?! Sizning farzandingiz qaysi sinfda oʻqiydi, ismi-sharifi kim? Qachon maktabga kiritilmadi? Qolaversa, chop etilgan xabarda maktab direktori shaxsiyatiga tegishingizni qanday oqlash mumkin», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?