Toshkent shahridagi maxsus COVID poliklinikalari bayram va dam olish kunlarida ham uzluksiz faoliyat olib bormoqda

12:10 10 Iyul 2022 Jamiyat
920 0

Foto: Illustrativ foto

Koronavirus infeksiyasi aholi orasida keng tarqalishining oldini olish va uning asoratlarini yanada kamaytirish maqsadida poytaxtimizning 12 ta tumanida COVID-19ga ixtisoslashtirilgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Xastalikni erta bosqichlarda aniqlash, bemorlarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish hamda zarur davo muolajalarini olib borishga moʻljallangan ushbu tibbiyot muassasalari bayram va qoʻshimcha dam olish kunlarida ham 24 soat davomida uzluksiz faoliyat olib bormoqda.

Ular quyidagi manzillarda joylashgan:

Bektemir tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi

Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy.

5-sonli Ftiziatriya dispanseri

Mirobod tumani, 8-mart koʻchasi, 58-uy.

23-son oilaviy poliklinika “Birlik” filiali

Uchtepa tumani, Chakmoniy koʻchasi, 14a uy.

1-son Ftiziatriya dispanseri

Mirzo Ulugʻbek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15a uy.

58-son oilaviy poliklinika

Yakkasaroy tumani, A.Qahhor koʻchasi, 44-uy.

11-son oilaviy poliklinika

Sergeli tumani, Choshtepa koʻchasi, 147-uy.

3-son Ftiziatriya dispanseri

Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi, 1-berk, 3-uy.

Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi

Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.

4-son ftiziatriya dispanseri

Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yoʻli, 6-uy.

42-son oilaviy poliklinika

Shayxontohur tumani, Taxtapul koʻchasi, 14a uy.

2-son ftiziatriya dispanseri

Yashnobod tumani, Murgʻob koʻchasi, 93-uy.

Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri

Yangihayot tumani, Yoʻldosh 7, 23-uy.

Eslatib oʻtamiz, mazkur muassasalarda koronavirusni aniqlash boʻyicha ekspress va PZR-test olish, birinchi yordam koʻrsatish, rentgen tekshiruvlarini oʻtkazish, kasallikning ogʻir darajalari qayd etilgan bemorlarni tez yordam mashinalari orqali koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarga yetkazish kabi imkoniyatlar mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?