Toshkent shahridagi 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etiladi

18:26 31 Yanvar 2023 Siyosat
758 0

Foto: Arxiv surat

Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda yoʻllarda avtobuslar harakati uchun infratuzilma masalasiga toʻxtalib oʻtildi.

Toshkent shahridagi 73 ta asosiy koʻchada avtobuslar uchun alohida yoʻlak tashkil etib, chorrahalar oʻtkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqildi.

Bu orqali, avtobuslar oʻrtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

— oʻz hududida transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;

— namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.

Ayni paytda hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari berilgan topshiriqlar ijrosini qanday tashkil etishi yuzasidan axborot bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер