Toshkent shahrida sovuq suvning ham narxi oshiriladi

16:55 07 Noyabr 2018 Jamiyat
2744 0

2018 yil 22 noyabrdan Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar amalga kiritiladi.

Bu haqda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi tomonidan maʼlum qilindi.

Unga koʻra, suv taʼminoti boʻyicha – 1 kubometr uchun toʻlov 245 soʻm 280 soʻmga, oqava suv boʻyicha – 1 kubometr uchun toʻlov 210 soʻmdan 235 soʻmga oshirildi.

Yangi tariflar Toshkent shahar hokimi Bosh moliya mahkamasi tomonidan 2018 yil 6 noyabrda tasdiqlangan.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, joriy yilning 16 noyabridan elektr, gaz va issiq suv hamda isitish tizimi narxlari oshirilishi maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер