Toshkent shahrida elektr energiyasi tanqis boʻlayotgani yoʻq — Shahar hokimi oʻrinbosari

18:44 25 Noyabr 2020 Jamiyat
833 0

Toshkent shahrida elektr energiyasi unaqa tanqis boʻlmayapti. Bu haqda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Davron Hidoyatov maʼlum qildi.

«Bu yil elektr energiyasi unaqa tanqis boʻlmayapti Toshkent shahrida. Nimaga degandi biz yangi tizimga oʻtyapmiz. Va hozir 90 foiz hisoblagichlarni oʻzgartirdik. Yil oxirigacha bu ishni yakuniga yetkazamiz. Kuz-qish mavsumidan avval 16 ming kilovatt soat isteʼmol qilingan boʻlsa, hozirgi kunda 22,5», deydi Hidoyatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?